«Vatanparvarlar» bog‘ida Ikkinchi jahon urushi davri sahnalashtirildi
“Sevimli” telekanali orqali efirga uzatiladigan Farhod Abdullayev bilan “Eslab” ko‘rsatuvining ijodkorlari Qarshi shahridagi “Vatanparvarlar” bog‘iga tashrif buyurdi.
Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bog‘ hududida 9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan teleko‘rsatuvning bayram sonini suratga olish ishlari amalga oshirildi. Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugining 150 nafarga yaqin harbiy xizmatchilari Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari obrazini gavdalantirdi.
Ushbu sahna ko‘rinishi bayram arafasi telekanal orqali efirga ketadigan ko‘rsatuvning asosiy qismi bo‘lishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, tasvirga olish jarayonlarida Madaniyat vazirligining hududiy bo‘linmalari, Qashqadaryo viloyati hokimligi hamda okrug qo‘mondonligi vakillari ishtirok etdi.
Mavzuga oid
00:59 / 21.11.2024
Ozarboyjon 2025 yilgi mudofaa xarajatlarini oshiradi
18:09 / 12.11.2024
Polsha Bosh shtabi boshlig‘i Rossiya bilan urushga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi
09:24 / 02.11.2024
Qozog‘istonda o‘zini o‘zi mudofaa qilish va ko‘ngillilar tuzilmalari paydo bo‘ladi
15:30 / 29.10.2024