“Uruş boşlanişidan avval kolxozda işladim, temiryölda maşinistlik qildim. Uruşdan qaytib kelib turli sohalarda işladim. Qani endi prezidentimiz bilan uçraşsam-u ularga orzumni aytsam. Ulardan maşina sovğa qilişlarini iltimos qilgan bölardim. Şu yoşimda prezident bergan maşinada Buxoro-yu, Samarqandga sayohatga çiqsam”, – deydi ota.
Usmonjon ota Rahimov uruş xotiralarini sözlab berdi:
“1920 yilda tuğilganman. Uruş boşlanganda kolxozda işlardim. Ayni navqiron 21 yoşda edim. Öşanda otam 84, onam esa 75 yoşda edi.
Oçarçilik boşlangan payt, hatto yeyişga non ham yöq. Nima qilişni bilmay qişloqda ötin teramanda aravaga solib markazga çiqib yarim buxonka nonga almaştirib kelaman. Ana şunday qilib yurib ota-onamni boqqanman. Haftalab non yemagan kunlarimiz ham bölgan. Amakim bilan tomorqamizga şolğom, rediska ekib pişganida katta qozonga solib qaynatib şuni yeganmiz. Ota-onamga xizmat qilib ayni duolarini oliş paytida noiloj uruşga jönab ketganman.
1941 yil 29 dekabrda Moskvaga yetib bordim...
Snayper, miltiq, minomyotga otişga örgatişdi. Uruşda faqat tank haydamadim xolos. Lekin şeriklarim meni “tankist” deb çaqirişardi. Uruş şunçalik dahşatli bölganki, Xarkivni vayron qilib yuborgan nemis. Öq yomğiri ostida boşimdagi kaskamga qarsillaganiça nemisning öqi tegadi. Kaskalarim ilma-teşik bölib ketgan. Şeriklarimning köpi ölib ketdi. Umrimdan bergan ekan vatanimizga soğ-omon qaytib keldim.
Ötgan yili prezidentning qizi va kuyovlari kelib meni yöqlab ketişdi. Qölimga dollar tutqazib ketişdi. Ular bilan hazillaşib bir oz kulişdik.

106 yeşga kirdim. Orzum... prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev bilan körişsam, mendan nima söraysiz, desalar, mehnatlarimni hurmat qilib bittagina maşina sovğa qilsalar. Maşinaga çiqib Sarmarqand-u Buxorolarni ziyorat qilsam armonim qolmas edi”, — deydi Usmonjon ota Rahimov.







