O‘zbekiston | 13:49 / 27.04.2019
7078
1 daqiqa o‘qiladi

«Sharq taronalari» festivalini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi 

Foto: Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati

Hukumat qarori bilan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi telegram kanali yozmoqda.

Nizomga muvofiq, festival har ikki yilda bir marta avgust oyining uchinchi o‘n kunligida Samarqand shahrida Madaniyat vazirligi tomonidan o‘tkaziladi.

Tanlovda ishtirok etuvchilarga quyidagi talablar qo‘yiladi:

konsertlarda chiqish tajribasiga egaligi;

tanlov va festivallarda qatnashganligi;

madaniyat va san'at sohasidagi yuqori tashkilotlar yoki festival direksiyasining tavsiyanomasiga egaligi;

yoshi 18 yoshdan yuqori bo‘lishi.

Tanlovda ishtirok etishni istagan san'atkorlar va jamoalar festival o‘tkaziladigan yilning 1 iyunigacha info@sharqtaronalari.uz manziliga hujjatlarni yuborishi lozim.

Mavzuga oid