Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda qurilish krani ag‘darilishi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi
AQShning Sietl shahrida qurilish krani ag‘darilishi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda shahar ma'muriyati saytida ma'lum qilingan.
O‘t o‘chirish xizmati kranning mahalliy vaqt bilan 27 aprel soat 15.28da qulagani haqida xabar olgan. Kran yo‘lning qatnov qismiga ag‘darilgan. Baxsiz hodisa oqibatida yana 4 kishi jarohat olgan, 6 ta mashinaga talofat yetgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, kran kabinasida bo‘lgan 2 kishi va turli avtomobillarda bo‘lgan erkak va ayol voqea qurboniga aylangan.
Vashington shtati mehnat va sanoat departamenti voqea sabablarini aniqlash bo‘yicha tergov boshlagan.
Mavzuga oid
09:02
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026