Jamiyat | 14:16 / 28.04.2019
4652
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi hududlarda xayriya hashari aksiyasini o‘tkazdi

O‘zbekiston mudofaa vazirining tashabbusi bilan 27-28 aprel dam olish kunlari barcha harbiy okrug va harbiy qismlarning harbiy xizmatchilari 9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan hashar aksiyasida faol ishtirok etdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, Andijon viloyatida joylashgan harbiy qism xizmatchilari Jalaquduq tumanida yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, 99 yoshli Abduvali ota Usmonov xonadonini obodonlashtirishga ko‘maklashgan bo‘lsa, Toshkent viloyati Qibray tumanidagi bir guruh harbiy xizmatchilar tumandagi Motamsaro ona haykali atrofini obod qilishdi. 

Shu bilan birga, Toshkent shahridagi “Birodarlik qabristoni” majmuasi, Bekobod shahrida joylashgan Birodarlik kabristoni, Saxovat uyi va 15-sonli imkoniyati cheklangan bolalar maktabi, poytaxtimizdagi Mirzo Ulug‘bek tumaniga qarashli masjid va qabristonlar ham harbiy xizmatchilar tomonidan hashar yo‘li bilan tozalandi. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

“Ajdodlarni xotirlash – muqaddas qadriyat”, “E'tibor va g‘amxo‘rlik – insoniy burch” shiorlari ostida o‘tayotgan ushbu tadbirlar zamirida keksalarni qadrlash, hurmat va ehtirom ko‘rsatish, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini e'zozlash, xotirasini yod etish, Vatan tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi yo‘lida ko‘rsatgan qahramonliklarini e'tirof etish va yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish mujassam”, deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Mavzuga oid