Jahon | 07:35 / 29.04.2019
2412
1 daqiqa o‘qiladi

Ispaniyada parlament saylovlarida bosh vazir partiyasi g‘alaba qozondi

Foto: EPA-EFE/JuanJo Martin

Ispaniyada o‘tgan muddatdan avval parlament saylovlari bosh vazir Pedro Sanchesning “Ispaniya sotsialistik ishchi partiyasi” g‘alabasi bilan yakunlandi. 

Bosh vazir partiyasi parlament quyi palatasidagi 350 o‘rindan 123 o‘rinni, Xalq partiyasi 66 o‘rinni, “Fuqarolar” sentristik partiyasi 57 ta o‘rinni, “Birlashib qila olamiz” so‘l koalitsiyasi 42 o‘rinni va “Voks” partiyasi 24 o‘rinni egallaydi.

Saylovlardagi ishtirok 75 foizdan ko‘proqni tashkil qilgan. 

Partiyalardan birortasi mutlaq ko‘pchilik ovoz to‘plamagani sabab 176 tadan ko‘proq o‘rinni egallay olmagan. Shu tariqa, bosh vazirga koalitsiya shakllantirishiga to‘g‘ri keladi. 

Sanches Kataloniya mustaqilligini qo‘llab-quvvatlovchi deputatlar 2019 yil uchun budjet loyihasiga ovoz berishdan bosh tortgach, muddatdan avval saylovlar o‘tkazishga majbur bo‘lgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid