Jamiyat | 08:53 / 29.04.2019
4520
1 daqiqa o‘qiladi
Nogiron tanishini jarohatlagan shaxs qo‘lga olindi - IIV
2019 yil 22 aprel kuni Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida yashovchi, 2-guruh nogironi, 32 yoshli T.M. mast holda Qiziltepa mahalla hududida joylashgan do‘kon oldida tanishi, Changak mahallasi Kaltatoy qishlog‘ida yashovchi, 2-guruh nogironi, tengdoshi O‘.N.ning yuziga boshi bilan urgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, O‘.N. boshi bilan yerga yiqilib, jarohat olgan. Natijada O‘.N. kasalxonaga yotqizilib, T.M. ushlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
18:26 / 16.09.2024
IIBning sharmandali “rezultat”i hamda “yasalgan” jinoyat: xasta va himoyasiz ayol qamoqqa tashlandi
14:07 / 12.09.2024
Rossiyada og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich qayd etildi
15:43 / 03.08.2024
10 yildan beri qidiruvda bo‘lgan avtofiribgar Turkiyada ushlandi
21:45 / 01.08.2024