Jamiyat | 18:53 / 29.04.2019
20902
2 daqiqa o‘qiladi

Qalampir eksporti bo‘yicha natijalar qanday bo‘ldi?

2018 yil bahorida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27 yanvardagi 62-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 15 ming gektardan ortiq maydonga eksportbop achchiq qalampir ko‘chatlari qadalgandi.

O‘tgan yil qalampir yetishtirish va eksport qilish bo‘yicha o‘ziga xos sinov davri bo‘ldi. Qiyinchiliklar, tushunmovchiliklar yuzaga keldi, tug‘ilgan muammolarga yechim izlandi, kelgusidagi vazifalar belgilandi.

Ana shunday paytda “O‘zi bu sohada nimaga erishildi?” degan savol tug‘ilishi tabiiy. Buni ochiqlash maqsadida raqamlarga murojaat qildik:

"O‘zbekoziqovqatxolding" XK va Davlat Statistika qo‘mitasidan olingan ma'lumotlarga ko‘ra, 2019 yilning 21 aprel kuni holatiga ko‘ra achchiq va shirin qalampir eksportining umumiy qiymati 32 mln. 366 ming AQSh dollarini tashkil qildi. Buning ichida shirin qalampirning ulushi 7 mln dollardan ortgan bo‘lsa, achchiq qalampir miqdori 25,2 mln dollardan iborat bo‘ldi.

Eksportning asosiy ulushi Qozog‘iston, Ozarbayjon va Gruziya kabi davlatlarga to‘g‘ri keladi. Qalampir yetishtirishda Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Farg‘ona viloyatlari peshqadam bo‘lishdi.  

Yuqorida ta'kidlanganidek, 2018 yil qalampirchilikda sinov va tajriba yili bo‘ldi. Kamchiliklar aniqlandi, yutuqqa erishish imkoniyatlari o‘rganildi. Bu tajriba joriy va kelgusi yillarda asqotishi shubhasiz.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid