Şu yilning 14 sentabr kuni «Kun.uz» saytida «Aççiq qalampir ekkanlarni piyoz ekkanlar qismati kutmoqdami?» sarlavhali maqola e'lon qilingan edi. Maqola söngida aççiq qalampir yetiştiriş kampaniyasi natijasiga umid qilib, qalampir yetiştirgan fermerlar qanday muammolarga duç kelayotgani xususida navbatdagi lavhalarda ma'lum qilinişi aytilgandi. Şu munosabat bilan tahririyatning Samarqand viloyatidagi muxbiri mazkur masalada olib borgan örganişlarini taqdim etdi.

Bugungi kunda aççiq qalampir ekkan fermerlarni mahsulotga xaridor topiş masalasi qiynamoqda. Bu muammo Samarqand viloyatida ham kuzatilayotganiga viloyatdagi ayrim tumanlarda olib borgan örganişlarimiz davomida guvoh böldik. Ma'lum bölişiça, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27 yanvardagi 62-sonli qarori ijrosini ta'minlaş maqsadida Samarqand viloyatida ham katta yer maydonlarida fermerlar tomonidan aççiq qalampir ekilgan.

Bulunğur tumani

Tuman qişloq xöjaligi bölimi boşliği ma'lumotiga köra, Bulunğur tumani hokimining 2018 yil 1 martdagi 462-Q-sonli qaroriga asosan fermer xöjaliklari yer maydonlarining 117 gektariga aççiq qalampir ekiş böyiça «Chiliuz» mas'uliyati çeklangan jamiyati bilan köçat tayyorlab yetkazib beriş rejalaştirilgan. ATB «Agrobank» Bulunğur filiali tomonidan 241ta fermer xöjaliklariga 1 milliard 349 million söm kredit mablağlari rasmiylaştirilgan. Ekindan örtaça 93 sentnerdan jami 1089 tonna hosil olinişi kutilmoqda. Bugungaça yetiştirilayotgan hosilni xarid qiliş böyiça fermer xöjaliklari va birorta taşkilot örtasida şartnoma tuzilmagan va bönak pullari ajratilmagan.

ATB «Agrobank» Bulunğur filiali boşqaruvçisi örinbosari Isomiddin Abdukarimovning aytişiça, aççiq qalampir yetiştiriş uçun tuman fermer xöjaliklariga 1,5 milliard söm kredit mablağlari berilgan.