Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar dunyodagi eng achchiq qalampir iste'mol qilinsa, nima yuz berishini aniqlashdi
Foto: pixabay.com
Yosh erkakda u «Karolina o‘roqchisi» turidagi chili qalampirini iste'mol qilganidan so‘ng juda kuchli bosh og‘rig‘i paydo bo‘ldi. Ushbu mahsulot Ginnesning rekordlar kitobiga dunyodagi eng achchiq qalampir sifatida kiritilgan. Og‘riq bir necha kun davom etgan va shu darajada chidab bo‘lmas holatga kelganki, erkak hattoki shifoxonaga murojaat qildi. Shifokorlar ushbu holat haqida BMJ Case Reports jurnalida ma'lumot berishdi.
U shifokorlarga murojaat qilgan paytida og‘riq bo‘yinni ham qamrab olgan. Shifoxonada mutaxassislar qator nevrologik testlarni o‘tkazishdi, biroq hech qanday buzilishlarni aniqlashmagan. Biroq kompyuter tomografiyasi miyadagi bir nechta arteriyalar qisqarganini ko‘rsatdi. Bu tashxis qo‘yishga imkon berdi – qaytariluvchi tserebral vazokostriktor sindrom. Uni tserebral vazospazm bilan kechuvchi bosh og‘rig‘i deb ham atashadi – u bir daqiqa ichida juda kuchli darajaga yetuvchi bosh og‘rig‘i va arteriyalarning qisqarishi bilan kechadi.
Sindrom tibbiy preparatlar yoki narkotik moddalarga reaksiya sifatida paydo bo‘lishi mumkin. Ushbu holatda esa arteriyalarning qisqarishiga juda achchiq qalampir sabab bo‘lgan. Asoratlar asta-sekin yo‘qolib bordi – besh hafta o‘tib kompyuter tomografiyasi arteriyalar avvalgi holatga kelganini ko‘rsatdi.
Mavzuga oid
18:30 / 30.11.2025
Orol dengizining qurigan tubida ilmiy-tadqiqot stansiyasi ish boshladi
07:16 / 20.11.2025
Inson faoliyati tufayli Yerning aylanish o‘qi 80 smga siljigani aniqlandi
03:05 / 16.11.2025
Olimlar qarishni tezlashtiruvchi kutilmagan omilni aniqlashdi
07:50 / 27.10.2025