Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda talonchilar qo‘lga olindi
2019 yil 26 aprel kuni 2 noma'lum shaxs Toshkent shahri Yunusobod tumanining 18-dahasida fuqaro Sh.N. ismli qizdan kuch ishlatish yo‘li orqali “iPhone” va “Redmi” rusumli mobil telefonlarini olib, voqea joyidan yashiringanlar.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabarida aytilishicha, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Sergeli tumani Nilufar ko‘chasida yashovchi O.J. va Shayxontohur tumani Ipakchi ko‘chasida yashovchi F.B. sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
17:19
Toshkentda havo sifatini yaxshilash: issiqxonalar Surxondaryoga ko‘chiriladi
12:44 / 09.04.2026
Toshkentda avtobusga chiqib yo‘l haqini to‘lamagan 32 ming kishi jarimaga tortildi
09:01 / 09.04.2026
Poytaxtdagi uch bozorning ayrim bloklari vaqtincha yopildi
20:38 / 07.04.2026