Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonga 4 yo‘nalishda muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi
O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan “Uzavtotrans Service” korxonasi Qozog‘istonning 4 ta shahriga muntazam qatnovlarni amalga oshirishni boshladi, deb xabar qilmoqda O‘zA.
Toshkent-Turkiston, Toshkent-Olmaota, Toshkent-Ushkunur, Chirchiq-Ushkunur yo‘nalishlari shular jumlasidan. Qatnovlar barcha qulayliklarga ega zamonaviy avtobuslarda amalga oshiriladi. Chiptalarni Toshkent avtovokzali kassalaridan xarid qilish mumkin.
Qayd etilishicha, Toshkent-Turkiston yo‘nalishi chipta narxi 50 ming so‘m, Toshkent-Olmaota va Toshkent-Ushkunur yo‘nalishi chiptasi 101 ming so‘m, Chirchiq-Ushkunur yo‘nalishi nisbatan arzonroq - 90 ming so‘m.
Transport vazirligi matbuot xizmatidan ma'lum qilishlaricha, yaqinda “Toshkent – Nur-Sulton”, “Toshkent – Taraz”, “Samarqand – Turkiston”, “Samarqand – Dushanbe”, “Toshkent – Qozon”, “Toshkent – Ufa kabi yo‘nalishlarda ham muntazam qatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.
Bundan oldin, Toshkentdan viloyatlarga 8 yo‘nalishda muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yilgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
10:05 / 22.06.2026
Yozgi issiqda avtobuslarda konditsionerlar ishi tekshirilmoqda
08:51 / 22.06.2026
Toshkentda avtobuslar uchun ajratilgan yo‘laklarga deliniatorlar o‘rnatilmoqda
10:15 / 16.06.2026
Toshkentda 9-sinf bitiruvchisi haydagan BYD avtobus bilan to‘qnashdi
21:03 / 06.06.2026