O‘zbekiston | 12:20 / 03.05.2019
15217
2 daqiqa o‘qiladi

Bo‘sh turgan yer uchastkasini xususiylashtirish uchun qayerga murojaat qilish lozim? 

Davgeodezkadastr qo‘mitasi raisi Abshukur Abdullayev «Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida»gi qonunning 9-moddasida ta'kidlanganidek, yer uchastkalarini xususiylashtirish jarayoni shaffof, xolis bo‘lishi bildirmoqda.

«Shunga muvofiq, jismoniy va yuridik shaxslarning ariza muddatlari o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi ta'minlanishi bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rib chiqilmoqda. Bu jarayon ikkita platforma orqali amalga oshiriladi. Birinchisi, Respublika Davgeodezkadastr qo‘mitasi tomonidan elektron hisobot tizimi ishga tushirilgan. Ikkinchisi, e-ijro auksion orqali yer uchastkalarining sotilishidir. Buning natijasida jismoniy va yuridik shaxslar o‘z arizalarining qaysi bosqichda ekanligi haqida bilib olishlari mumkin», - deya qo‘mita raisi so‘zlarini keltirgan Kun.uz muxbiri.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Ahadbek Haydarovning ma'lumot berishicha, e-ijro auksion orqali hozirga qadar 2600ta davlat obektlari sotilgan. 

«Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida»gi Qonunning 27-moddasiga muvofiq, bo‘sh turgan yer uchastkalarini ham e-ijro auksioni orqali sotish qayd etilgan. Hozirda amal qilayotgan tartibga ko‘ra, davlat obektlarining e-ijro auksion orqali e'lon qilingan kundan boshlab 10 kun muddat ichida sotilishi belgilangan, bo‘sh yer uchastkalarini sotish muddati ham shundan kelib chiqqan holda belgilanadi. Bo‘sh yer uchastkalarini elektron auksion orqali sotish amaliyotini yo‘lga qo‘yish uchun yetarli texnik imkoniyatlar mavjud», - deydi u.

Mavzuga oid