Davgeodezkadastr qömitasi raisi Abşukur Abdullayev «Qişloq xöjaligiga möljallanmagan yer uçastkalarini xususiylaştiriş töğrisida»gi qonunning 9-moddasida ta'kidlanganidek, yer uçastkalarini xususiylaştiriş jarayoni şaffof, xolis bölişi bildirmoqda.

«Şunga muvofiq, jismoniy va yuridik şaxslarning ariza muddatlari öz vaqtida körib çiqilişi ta'minlanişi böyiça çora-tadbirlar körib çiqilmoqda. Bu jarayon ikkita platforma orqali amalga oşiriladi. Birinçisi, Respublika Davgeodezkadastr qömitasi tomonidan elektron hisobot tizimi işga tuşirilgan. Ikkinçisi, e-ijro auksion orqali yer uçastkalarining sotilişidir. Buning natijasida jismoniy va yuridik şaxslar öz arizalarining qaysi bosqiçda ekanligi haqida bilib olişlari mumkin», - deya qömita raisi sözlarini keltirgan Kun.uz muxbiri.

Davlat aktivlarini boşqariş agentligi direktori Ahadbek Haydarovning ma'lumot berişiça, e-ijro auksion orqali hozirga qadar 2600ta davlat obektlari sotilgan. 

«Qişloq xöjaligiga möljallanmagan yer uçastkalarini xususiylaştiriş töğrisida»gi Qonunning 27-moddasiga muvofiq, böş turgan yer uçastkalarini ham e-ijro auksioni orqali sotiş qayd etilgan. Hozirda amal qilayotgan tartibga köra, davlat obektlarining e-ijro auksion orqali e'lon qilingan kundan boşlab 10 kun muddat içida sotilişi belgilangan, böş yer uçastkalarini sotiş muddati ham şundan kelib çiqqan holda belgilanadi. Böş yer uçastkalarini elektron auksion orqali sotiş amaliyotini yölga qöyiş uçun yetarli texnik imkoniyatlar mavjud», - deydi u.