O‘zbekiston | 22:24 / 03.05.2019
57241
5 daqiqa o‘qiladi

Fotoreportaj: Senatning 19-yalpi majlisi qanday o‘tdi?

3 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n to‘qqizinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi. Unda senatorlar, vazirlik va idoralar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishmoqda. 

Yalpi majlis kun tartibiga 23 masala kiritilgan bo‘lib, birinchi kuni ularning 15tasi ko‘rib chiqildi. Senatorlar ishni «Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini muhokama qilishdan boshlashdi.  

Ma'qullangan qonunlar ichida «Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida», «Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida», «Yaylovlar to‘g‘risida»gi yangi qonunlar mavjud. Shuningdek, ayrim qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishiga oid qonunlar ham ma'qullandi. 

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi va Bosh vazir o‘rinbosari hisoboti tinglandi.  

Kun.uz fotomuxbiri Senat yalpi majlisi davomida senatorlar faoliyatini suratlarga muhrladi.

Bosh vazir o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Narbayeva bilan
Sirdaryo viloyati hokimi, senator G‘ofur Mirzayev
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Akromxon Boboxonov 
Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurotov va fotografni suratga tushirmoqda
Maktabgacha ta'lim vaziri, senator Agrepina Shin va Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Narbayeva
Jizzax viloyati hokimi, senator Ergash Saliyev
Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov va Adliya vaziri Ruslanbek Davletov

Mudofaa vaziri o‘rinbosari Azizbek Ikramov senator Farrux Dadaxo‘jayev bilan
senator va Prezident maslahatchisi Rustam Inoyatov
Yoshlar Ittifoqi raisi, senator Qahramon Quronboyev bilan yonma-yon 
Senator Farrux Dadaxo‘jayev va Toshkent shahar hokimi, senator Jahongir Ortiqxo‘jayev
Senat rahbariyati
Namangan viloyati hokimi, senator Xayrullo Bozorov
Favqulodda vaziyatlar vaziri birinchi o‘rinbosari Abdulla Qo‘ldoshev
Andijon viloyati hokimi, senator Shuhrat Abdurahmonov
Bosh vazirning ikki o‘rinbosari: Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Narbayeva va
Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov
Bosh prokuror Otabek Murodov
Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisi Muhamet Jumageldiyev
Senatning agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Bahodir Tojiyev
Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi, Reglament va odob komissiyasi raisi Iqbol Mirzaaliyev
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qo‘mitasi raisi Abdushukur Abdullayev
Moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonov
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Ahadbek Haydarov
Bosh vazir o‘rinbosari - Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, Senat Raisi o‘rinbosari Musa Yerniyazov
Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov

Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev va Inson huquqlari vakil - Ombudsman Ulug‘bek Muhammadiyev 

Mamatkarimov Odiljon, Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori
O‘zbekiston Oliy sudi raisi Kozimjon Komilov
Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari Maqsuda Vorisova
Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Tolibjon Madumarov
Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov
Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasida doimiy asosda ishlovchi senator Sayyora Baratova
Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasida doimiy asosda ishlovchi senator Boymatjon Rasulov 
Senat raisi o‘rinbosari Sodiq Safoyev
Senator Valeriy Tyan va Senatning Fan, ta'lim va sog‘liqni saqlash masalalari
bo‘yicha qo‘mitasi raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev
Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov va Adliya vaziri Ruslanbek Davletov

Mavzuga oid