Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda retro avtomobillar marafoni o‘tkaziladi
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tashabbusi bilan 5 may, yakshanba kuni Toshkent shahri ko‘chalari bo‘ylab 25 kilometrlik retro avtomobillar va mototsikllar marafoni o‘tkaziladi.
Avtomarafon 9 may – Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan tashkil qilinadi.
«Retro Uz» klubi bilan hamkorlikda tashkil etiladigan marafon sabab 5 may kuni soat 11.00dan 13.00ga qadar Toshkentning ayrim ko‘chalarida avtotransport vositalari uchun harakat cheklanadi. Keltiriladigan noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raladi.
Avtomarafon soat 11.00da Qurolli Kuchlar akademiyasining 1-nazorat o‘tish joyi (mo‘ljal: sobiq Pushkin maydoni)dan boshlanib, Kichik halqa yo‘li orqali «Bunyodkor» va undan keyin «Alisher Navoiy» shohko‘chalari bo‘ylab o‘tadi.
Mavzuga oid
15:35 / 09.06.2026
Mudofaa bo‘limlarida tibbiy komissiyalar tugatilib, maoshlar oshiriladi
15:20 / 09.06.2026
Harbiy havo kuchlari jangovar qo‘mondonligi tashkil etildi
12:18 / 23.05.2026
O‘zbekiston va Qatar harbiy hamkorlik bo‘yicha memorandum imzoladi
20:16 / 12.05.2026