Qozog‘istonda ilk bor ayol kishi prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatga olindi
Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi respublika tarixida ilk bor ayol kishini mamlakat prezidentligiga nomzod sifatida ro‘yxatga oldi, deb xabar berdi RIA Novosti.
"Ak jol" (Oq yo‘l) partiyasidan parlament quyi palatasi deputati Daniya Yespayeva 9 iyun kuni davlat rahbarligi uchun saylovlarda kurash olib boradi.
Avvalroq Markaziy saylov komissiyasi Qozog‘istonning amaldagi rahbari Qosim-Jomart Toqayev, yozuvchi Sadibek Tugel va G‘arbiy Qozog‘iston kasaba uyushmalari hududiy birlashmasi raisi Amangeldi Taspixovni bo‘lajak prezident saylovida ishtirok etadigan nomzodlar sifatida ro‘yxatga olgandi.
Daniya Yespayeva 58 yoshda bo‘lib, mutaxassisligi iqtisodchi, uzoq yillar bank tizimida ishlagan, 2016 yildan quyi palata deputati hisoblanadi.
20 mart kuni Qozog‘istonni qariyb 30 yil boshqargan Nursulton Nazarboyev o‘z vakolatlarini topshirgandi.
Mavzuga oid
16:07 / 19.09.2024
Qozog‘iston 2022 yildan beri 2,3 mlrd dollarlik aktivlarni davlat hisobiga qaytardi
12:30 / 17.09.2024
Shols Qozog‘istonda hamkorlikni kuchaytirish rejalari haqida ma’lum qildi
18:55 / 16.09.2024
Shavkat Mirziyoyev «Markaziy Osiyo – Germaniya» sammitida ishtirok etadi
19:02 / 14.09.2024