Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda haydovchi o‘zi bilan yo‘l talashgan boshqa bir haydovchini kaltakladi
2018 yil 2 dekabr kuni vaqtincha Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi B.T. o‘zining “Cobalt” rusumli avtomashinasini A.Qodiriy ko‘chasida haydab ketayotgan vaqtida, shu yerda harakatlanib borayotgan noma'lum shaxs boshqaruvidagi davlat raqamlari aniqlanmagan “Lacetti” rusumli avtomashinasi bilan yo‘l talashgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada noma'lum shaxs avtomashinani to‘xtatib, bezorilik oqibatida B.T.ni yuziga qo‘llari bilan urib, jarohat yetkazgan va voqea joyidan yashiringan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Mirzo Ulug‘bek tumani Qorako‘l ko‘chasida yashovchi R.T. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
09:00 / 14.06.2026
“GAI”dan takliflar, renovatsiya qonuni va qaytarib olingan zavod – hafta dayjesti
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026