O‘zbekiston | 13:50 / 06.05.2019
28455
1 daqiqa o‘qiladi

Fotoreportaj: Toshkent ko‘chalari bo‘ylab retro-avtomobillar karvoni o‘tdi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Kecha, 5 may kuni Toshkent shahri aholisi va mehmonlari poytaxt ko‘chalari bo‘ylab o‘tgan retro-avtomobillar karvonini tomosha qildi.

O‘nlab retro avtomobil va mototsikllar, yuzlab mahalliy avtotransport vositalari O‘zbekiston bayroqlarini ko‘tarib, harbiy orkestr sadolari ostida 25 kilometrlik masofani bosib o‘tdi. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi hamda “Retro Uz” klubi bilan hamkorlikda 9 may – Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan mazkur aksiya ishtirokchilarda olam-olam taassurot qoldirdi, deyiladi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabarida.

Avtokarvon Qurolli Kuchlar akademiyasining markaziy darvozasi oldidan boshlanib, Toshkent Kichik halqa yo‘li hamda Bunyodkor va Alisher Navoiy ko‘chalari bo‘ylab o‘tdi. 

Unda Qurolli Kuchlar akademiyasi harbiy xizmatchilari shaxsiy avtomobillarda ham ishtirok etdi.

Mavzuga oid