Poroshenko bosh prokuraturaga so‘roqqa chaqirtirildi
Ukraina bosh prokuraturasi prezident Pyotr Poroshenkoni so‘roqqa chaqirtirdi. Bu haqda bosh prokuraturaning maxsus tergovlar boshqarmasi boshlig‘i Sergey Gorbatyukka iqtibos keltirgan holda “Ukrainskiye novosti” axborot agentligi xabar berdi.
Poroshenko bosh prokuraturaga 7 may kuniga yevromaydanchilarga qarshi jinoyatlar bo‘yicha so‘roq qilingani chaqirtirilmoqda. Shuningdek, Poroshenkodan 2016 yil noyabrda u bilan o‘tkazilgan so‘roq bayonnomasining imzolanishi kutilmoqda.
Avvalroq Poroshenko 2014 yilda “yevromaydan” vaqtida shaxsan o‘zi halok bo‘lganlarning jasadlarini olib chiqqani va yaradorlarga yordam berganini ma'lum qilgan.
Biroq Poroshenkoning “yevromaydan”dagi jonbozligi shubha ostiga olinadi. Jumladan, o‘sha voqealarda faol ishtirok etgan ukrainalik siyosatchi Oleg Tsarevning ma'lum qilishicha, Poroshenko “yevromaydan”dan yaradorlar va o‘lganlarni olib chiqmagan, chunki u yerda kam ko‘ringan va qaysi tomonga qo‘shilib olish borasida ikkilangan.
Mavzuga oid
16:37 / 16.09.2024
Kursk oblastidagi qarshi hujum: Rossiya qo‘shini biror muvaffaqiyatga erishdimi?
14:51 / 16.09.2024
Rossiya qo‘shini Xarkivni bombalashda davom etmoqda - fotosuratlar
13:40 / 16.09.2024
ISW: Ukraina Rossiya chegarasini yangi joyda yorib o‘tdi
11:00 / 16.09.2024