Jamiyat | 14:38 / 07.05.2019
10304
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda fuqaro o‘zaro janjalda amakisining umriga zomin bo‘ldi

Illyustrativ foto

2019 yil 30 aprel kuni Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumani Chubron qishlog‘ida yashovchi Sh.A. shu qishloqda yashagan amakisi B.E.ning uyida o‘zaro janjal oqibatida uni tanasining turli joylariga qo‘li bilan urib, jarohat yetkazgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada B.E. olgan jarohatlari tufayli kasalxonaga keltirilganida vafot etgan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Sh.A. qo‘lga olingan. 

Xabarda aytilishicha, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid