Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Litvada prezident saylovlari bo‘lib o‘tmoqda
12 may kuni Litvada prezident saylovlari bo‘lib o‘tmoqda. Shu munosabat bilan 2 mingga yaqin saylov uchastkasi o‘z ishini soat 7dan boshlagan va 20gacha davom ettiradi.
Saylovlarda 2,5 mln kishi ishtirok etadi. Prezident lavozimiga 9 nomzod da'vogarlik qilmoqda. Ijtimoiy so‘rovnomalar natijalariga ko‘ra, 54 yoshli iqtisodchi Gitanas Nauseda, 44 yoshli sobiq moliya vaziri Ingrida Shimonite va 48 yoshli amaldagi bosh vazir Saulyus Skvernyalis prezident lavozimiga asosiy da'vogarlar hisoblanadilar. Amaldagi prezident Dalya Gribauskayte ikkinchi muddatini tamomlayotgani sababli uchinchi muddatga prezident lavozimiga da'vogarlik qila olmaydi.
G‘alaba uchun nomzodlardan biri 50 foizdan ko‘proq ovoz to‘plashi lozim. Aks holda 2 haftadan keyin saylovlarning 2-bosqichi bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, mamlakatda prezident saylovlaridan tashqari, ikki fuqarolikni kiritish va deputatlar korpusini 15 foizga qisqartirish bo‘yicha referendumlar ham o‘tkazilmoqda.
Litvada prezident 5 yilga saylanadi. Amaldagi prezident ushbu lavozimni 2009 yildan beri egallab kelmoqda.
Mavzuga oid
10:56 / 27.05.2026
Latviya va Litva Rossiya elchilarini chaqirtirdi
21:31 / 21.05.2026
Litva TIV rahbari NATO kuchlari Rossiyaning Kaliningraddagi harbiy bazalarini «yer bilan bitta qila olishi»ni aytdi
12:23 / 24.03.2026
Litva Belarusdan dron uchib kelganini ma’lum qildi
15:45 / 23.03.2026