Jahon | 22:31 / 12.05.2019
8628
2 daqiqa o‘qiladi

London meri tahdidlar sababli kunbo‘yi politsiya himoyasida bo‘ladi

Foto: aa.com.tr

Britaniya politsiyasi London meri Sodiq Xonni oxirgi 3 oyda o‘z nomiga jismoniy yo‘q qilinish tahdidlari bildirilgan 237 dan ko‘proq xabar olgani sababli kunbo‘yi qo‘riqlaydigan bo‘ldi. 

Britaniyaning Yevropa Ittifoqida qolishi tarafdori bo‘lgan Sodiq Xon o‘z nomiga tahdidlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali olmoqda.

“Bu odamlar meni qo‘rqita olmaydi. Shu bilan birga yaqinlarim xavotirlanayotganliklarini yashira olmayman”, deb aytgan London meri.

Shu sababli Xonga qo‘riqchilar biriktirib qo‘yildi.

“Men London meri va musulmon bo‘lganim uchun menga politsiya himoyasi talab qilinayotgani noto‘g‘ridir”, deb aytgan Sodiq Xon.

Xon 2016 yil mayida London meri etib saylangan. Xon ushbu lavozimni egallagan ilk musulmon bo‘ldi. U ultrao‘ng va aksilislom guruhlari tomonidan o‘z nomiga muntazam tahdidlar oluvchi shaxslar ro‘yxatiga kiradi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid