Fan-texnika | 11:51 / 18.05.2019
6359
3 daqiqa o‘qiladi

Huawei noqonuniy harakatlarda ayblanmoqda

Foto: AFP/Getty Images

Huawei'ning Yevropa telekommunikatsiya tarmoqlariga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlari aniqlandi, deya xabar bermoqda Independent maxfiy agentlikka asosan. Aytilishicha, kompaniya mijozlar ma'lumotlar bazasiga kirish imkoniga ega bo‘lgan.

Xabar berilishicha, Huawei'ning nomi keltirilmagan bir qancha yirik Niderlandiya telekommunikatsiya firmalari mijozlari ma'lumotlaridan foydalanish uchun o‘ziga xos “yashirin eshigi” bo‘lgan.

AIVD Niderlandiya agentligi bu holat Xitoy hukumatining ma'lumotlarga egalik qilishiga yo‘l ochib bergan-bermaganligi, maxfiy intellektual manbalar oshkor etilganligi yuzasidan izlanishlar olib bordi.

Huawei esa bu holat o‘zi uchun ham “syurpriz”ligini bildirib, barcha ayblovlar anonim resurslarga asoslangani bois izoh berishni rad qildi. 

Avvalroq, kompaniya De Volkskrant nashrida qaysi davlatda faoliyat yuritsa, uning qonun-qoidalariga ko‘ra ishlashi, hukumat tashkilotlari uchun hamma eshiklarini yopiq saqlashini bildirgan edi. 
 
Niderlandiyaning uchta yirik telekommunikatsiya kompaniyalaridan ikkisi – KPN va Vodanafoneziggo voqealarga izoh berishni rad etgan. T-Mobile/Tele2 esa AIVDning izlanishlaridan bexabar ekanini bildirgan. 

Mazkur ayblov haqida xabar berayotgan De Volkskrant gazetasining axborotida ham kompaniyaning noqonuniy kirish yo‘li qanday ishlagani haqida to‘liq ma'lumot mavjud emas. 

Ushbu hodisalardan bir kun so‘ng Huawei'ning AQSh asosiy texnologiyalarini maxsus rasmiy ruxsatnomasiz sotib olishiga yo‘l qo‘yilmasligi to‘g‘risida Trampning bayonoti e'lon qilinishi milliy xavfsizlik tizimini saqlash uchun o‘rinli taqiq bo‘ldi. 

Huawei'ga o‘z 5G tarmog‘ini yaratishda cheklangan rolda ishtirok etishga ruxsat bergan Britaniya hukumati ham Vashington sanksiyasida bu boradagi siyosatini qayta o‘ylab ko‘rishini ma'lum qildi. 

“Huawei bilan aloqalarimiz va 5G dasturimiz uchun eng to‘g‘ri siyosiy yondashuvni o‘ylayapmiz. Oxirgi qarorga kelingach, hamma ma'lumotlar yangilanadi. Britaniya telekommunikatsiya tizimi butunlay xavfsiz bo‘lishi, har qanday qarorga his-tuyg‘ulardan xoli tarzda texnik baho bergan holda kelishga harakat qilyapmiz”, – deydi Britaniya bosh vaziri Tereza Meyning vakili.

Bir hafta oldin sobiq M16 rahbari Huawei'ning 5G loyihasida ishtirokiga ruxsat berish mamlakat xavfsizlik tizimi uchun ortiqcha tavakkal ekanligi haqida ogohlantirgan edi. 

Richard Dearlovga ko‘ra, Huawei texnologiyasidan foydalanish Britaniya telekommunikatsiya tarmog‘i kelajagi uchun Xitoyni ekspluatator pozitsiyasiga chiqarib qo‘yish bilan teng.

Mavzuga oid