Zelenskiyning inauguratsiyasi dasturi ma'lum qilindi
Ukrainaning saylangan prezidenti Vladimir Zelenskiyning 20 may kuni o‘tadigan inauguratsiyasi dasturi ma'lum qilindi. Unga ko‘ra, shu kuni Zelenskiy ishtirokida bir nechta tadbir rejalashtirilgan.
Ukrainaning yangi prezidenti mahalliy vaqt bilan soat 10dan 11gacha oliy rada binosidagi tantanali yig‘ilishda Ukraina xalqiga sodiqlikka qasamyod keltiradi.
So‘ngra u Ukraina qurolli kuchlari turlari qo‘mondonlariga tanishtiriladi, davlat bayrog‘ini ko‘taradi va rafiqasi Yelena Zelenskaya bilan birga inauguratsiya marosimiga keluvchi xorijiy delegatsiyalar rahbarlarini qabul qila boshlaydi.
Shundan keyin Zelenskiy soat 14:30 dan 17:00 gacha prezident ma'muriyati binosida delegatsiyalar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.
Mavzuga oid
09:20 / 16.09.2024
Zelenskiy Baydenga «Ukraina g‘alabasi rejasini» taqdim etadi
15:33 / 14.09.2024
Zelenskiy: Rossiya noyabrda bo‘lib o‘tadigan yangi tinchlik sammitiga taklif qilinadi
10:44 / 13.09.2024
Zelenskiy: Rossiya Kursk oblastida qarshi hujum boshladi
22:21 / 12.09.2024