Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TDTUda zargarlik tarmog‘i uchun kadrlar tayyorlanadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida zargarlik tarmog‘ini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»ga farmoni qabul qilindi.
Farmonda sifatli va raqobatbardosh zargarlik mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qator chora-tadbirlar belgilangan.
Farmonga ko‘ra, 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat texnika universitetida «Zargarlik buyumlari dizayni» yo‘nalishi bo‘yicha alohida guruhlar tashkil etilgan holda zargarlik tarmog‘i uchun kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi, deb xabar bermoqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi.
Shuningdek, yangi o‘quv yilidan kasb-hunar kollejlarida ham zargarlik tarmog‘i mutaxassislari tayyorlanishi tashkil etiladi.
Mavzuga oid
13:58 / 16.10.2025
Zargarlik sohasidagi tadbirkorlar yanada qo‘llab-quvvatlanadi
18:21 / 14.07.2025
Qozog‘istonda dunyodagi eng qimmat metall qazib olinadi
13:43 / 07.07.2025
Salkam 900 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik buyumlari savdosi fosh etildi
13:44 / 02.07.2025