Uchtepa tumaniga yangi hokim va boshqa sektorlar rahbarlari tayinlandi
Toshkent shahar Uchtepa tumanining to‘rtta sektoriga yangi rahbarlar tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, Farxod Ravshanovich Abdullayev Toshkent shahar Uchtepa tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Farhod Abdullayev 35-Tuzel saylov okrugi deputati, kommunal xujalik va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha doimiy raisi lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan. 2011−2018 yillarda «O‘zikkilamchiranglimetall» korxonasiga rahbarlik qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 10 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Uchtepa tumanida bo‘lib, tuman rahbarlari, mahallalar raislari, ziyolilar, mutasaddilar bilan uchrashuv o‘tkazgandi. Tuman hokimi Shuhrat Maxamadnazimovich Atamuhamedov va tumanning boshqa rahbarlari davlat rahbarining ushbu tumanga tashrifi yakunlariga ko‘ra ishdan olingandi.
2017 yildan Toshkent viloyati Angren tuman DSI boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Rustam Maxmudjanovich Ashirmatov Uchtepa tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Uchtepa tumani bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Sayfullo Negmatovich Axmedov nomzodi tasdiqlandi. U 2018−2019 yillarda Toshkent shahar IIBB Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari — giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
2018 yildan Samarqand viloyati prokurorining o‘rinbosari lavozimida ishlagan Jobir Odilovich Azimov Uchtepa tumani prokurori bo‘ldi.
Tavsiya etamiz
Kiyevga yashil chiroq: Ukraina endi uzoq masofalarga zarba bera oladi
Jahon | 00:41
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
Moskvada shaharni bilishini isbotlab bermagan taksichilar jarimaga tortiladi
Jahon | 20:35 / 27.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya Shimoliy Koreyaga havo mudofaa tizimlarini yetkazib beryapti - MSMT
Jahon | 12:31
-
O‘zbekiston hududlari bo‘yicha aholining o‘rtacha yoshi ochiqlandi
Jamiyat | 12:10
-
Erdo‘g‘an Rossiya va Kiyevni sulh bo‘yicha muzokaralarga imkon berishga chaqirdi
Jahon | 11:51
-
Dam olish kunlari quruq va issiq havo bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 11:34
Mavzuga oid

08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi

09:41 / 16.05.2025
Maktab o‘rniga “dom”, 167 jabrlanuvchi. Toshkentda “novostroykachi”larga nisbatan yirik sud ishi boshlandi

08:13 / 06.05.2025
Uchtepa tumanida joylashgan ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi

18:31 / 20.03.2025