Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy prezident sifatidagi ilk farmonini imzoladi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina qurolli kuchlari oliy bosh qo‘mondoni vakolatlarini o‘z zimmasiga olishi haqidagi farmonni imzoladi. 300/2019-sonli farmon prezident saytida e'lon qilingan.
“Ukraina prezidenti lavozimiga 20 mayda kirishishim munosabati bilan, Ukraina konstitutsiyaning 106-moddasi 1-qismi 17-bandiga muvofiq, bugundan boshlab Ukraina qurolli kuchlari oliy bosh qo‘mondoni vakolatlarini o‘z zimmamga olaman”, deyilgan farmonda.
Oliy bosh qo‘mondon majburiyatlariga Ukraina qurolli kuchlari oliy qo‘mondoni va boshqa harbiy tuzilmalar qo‘mondonlarini tayinlash va bo‘shatish, oliy harbiy unvonlarni berish va milliy xavfsizlik va mudofaa kengashini shakllantirish kiradi.
Zelenskiy 20 may kuni Ukraina prezidenti lavozimini bajarishga kirishdi. U inauguratsiyasi davomida oliy radaning tarqatilishini e'lon qildi. Zelenskiy deputatlarga uning talablarini bajarishga, ya'ni hukumatning iste'foga chiqishi, deputatlik daxlsizligini bekor qilish va noqonuniy boyish haqidagi qonunni qabul qilishiga 2 oy muhlat berdi.
Mavzuga oid
23:16 / 03.03.2026
Umrbod qamoq jazosi pedofiliya jinoyatiga takroran qo‘l urgan shaxslarga taalluqli bo‘ladi
08:38 / 25.12.2025
Ijtimoiy xavfli ahvoldagi bolalar belgilangan ta’lim muassasasiga imtihonsiz qabul qilinadi
08:53 / 24.12.2025
Pasport nazoratida bojxonaga xabardor qilish tartibi joriy etiladi
08:48 / 24.12.2025