Jamiyat | 13:02 / 23.05.2019
3848
1 daqiqa o‘qiladi
131 mln so‘mlik dori vositalarining noqonuniy olib kirilishiga nuqta qo‘yildi
Bojxonachilar tomonidan sifati kafolatlanmagan dori mahsulotlarining noqonuniy olib kirilishiga o‘z vaqtida chek qo‘yilmoqda.
Jumladan, Toshkent xalqaro aeroportiga xorijdan uchib kelgan fuqarolar S.S. va G.B.larning xatti-harakatlari bojxonachilar e'tiborini tortdi va belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazildi.
Tekshiruv jarayonida har ikkala fuqaroda deklaratsiyada ko‘rsatilmagan va bojxonachilarning og‘zaki so‘rovida ma'lum qilinmagan, umumiy qiymati 131 million so‘mdan ortiqni tashkil etuvchi 4 turdagi sifati kafolatlanmagan dori vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holatlar yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
14:00 / 04.10.2024
To‘rt hududda kuchli dori vositalari savdosi fosh etildi
13:30 / 17.09.2024
Urganchda 2,9 mlrd so‘mlik noqonuniy dori vositalari aniqlandi
09:00 / 09.09.2024
Toshkentda kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni sotayotgan shaxs ushlandi
07:08 / 30.08.2024