Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maktabgacha ta'lim muassasalarida pedagoglar ko‘payadi
Ularni tayyorlash uchun respublikadagi 97 ta kasb-hunar kolleji qayta tashkil etilishi Vazirlar Mahkamasining 18.05.2019 yildagi 418-son qarorida nazarda tutilgan. Bu haqda Norma yozmoqda.
Har bir viloyatda pedagogika yo‘nalishida kadrlar tayyorlaydigan ayrim kasb-hunar kollejlari Maktabgacha ta'lim vazirligining pedagogika kollejlari etib qayta tashkil etiladi. Qayta tashkil etiladigan ta'lim muassasalari ro‘yxati hujjatga ilovada berilgan bo‘lib, barcha hududlar, shu jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahrini (poytaxt pedagogika kolleji) qamrab olgan.
1 oy muddatda kollejlarning bino va inshootlari tegishli hududi bilan birga operativ boshqaruv huquqi asosida MTVga tekinga topshiriladi. Bunda ularning bo‘sh turgan binolariga MTV tizimidagi davlat muassasalari, shu jumladan bolalar bog‘chalari hamda ularning tayyorlov guruhlari tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi.
MTV qayta tashkil etilgan kollejlarning faoliyatiga rahbarlik qiladi va ularning tashkiliy-kadrlar bazasini mustahkamlash bilan shug‘ullanadi. MTV huzuridagi Maktabgacha ta'lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti esa o‘quv-metodik jarayonini muvofiqlashtirish hamda amaliy va axborot resurslari jihatidan ko‘maklashish bilan shug‘ullanadi.
Yangi pedagogika kollejlariga umumta'lim hamda ixtisoslashtirilgan maktablarning 11-sinf bitiruvchilari, ixtisoslashtirilgan san'at va madaniyat, olimpiya zaxiralari maktab-internatlari, shuningdek akademik litseylar bitiruvchilari o‘qishga qabul qilinadi. Qabul kvotalarini MTV belgilaydi. Qayta tashkil etiladigan kollejlarga o‘qishga qabul qilingan o‘quvchilar o‘qishni amaldagi o‘quv dasturlari asosida tugatadilar.
2019 yil 1 sentyabrgacha tayyorlov yo‘nalishlari va mutaxassisliklar ro‘yxati, o‘quv reja va dasturlar rivojlangan xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalarini inobatga olgan holda ishlab chiqilib, tasdiqlanadi. Qayta tashkil etiladigan o‘quv muassasalari asosiy faoliyatiga qo‘shimcha ravishda boshqa pullik xizmatlar ko‘rsatishi mumkin.
Hujjat 20.05.2019 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
18:41 / 23.06.2026
O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
19:24 / 07.04.2026
Toshkent viloyatida bolani uxlamagani uchun haqoratlab, urgan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026