Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Obod qishloq» dasturini moliyalashtirishga Islom taraqqiyot banki jalb etiladi
Islom taraqqiyot banki va Arab muvofiqlashtirish guruhi jamg‘armalari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Qaror bilan Islom taraqqiyot banki va Arab muvofiqlashtirish guruhi jamg‘armalari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha Harakatlar rejasi tasdiqlandi.
Harakatlar rejasi doirasida “Obod qishloq” dasturini moliyalashtirishga Islom taraqqiyot banki jalb etiladi.
O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Islom taraqqiyot banki o‘rtasida Memorandum imzolanadi.
Islom xususiy sektorini rivojlantirish korporatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi tashkil etiladi va hamkorlik kengaytiriladi.
2019–2021 yillarda Islom taraqqiyot banki bilan jami qiymati 2 mlrd 42 mln dollardan ko‘proq miqdordagi 17 ta investitsiya loyihasi amalga oshiriladi. Jumladan, “Bishkek–Dushanbe–Termiz” avtomobil yo‘li rekonstruksiya qilinadi.
Arab muvofiqlashtirish guruhi jamg‘armalari 12 ta loyiha amalga oshiradi, mazkur loyihalarning qiymati 1 mlrd dollardan ko‘proq.
O‘zbekistonda neyroxirurgiya xizmatini yuqori texnologik tibbiyot uskunalari bilan jihozlash ushbu loyihalar qatoridan joy olgan.
Mavzuga oid
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026
Toshkentda Navro‘z munosabati bilan xalq sayillari tashkil etiladi
10:48 / 12.02.2026