Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Litvada prezident saylovlarining 2-turi bo‘lib o‘tadi
Litvada 26 may kuni prezident saylovlarining 2-turi va Yevroparlamentga deputatlar saylovlari bo‘lib o‘tadi.
Prezident saylovlarining 2-turi 1-turidan 2 haftadan keyin bo‘lib o‘tmoqda. 1-turda 9 nomzoddan birortasi g‘alaba uchun zarur bo‘lgan 50 foizdan ko‘proq ovoz to‘play olmagandi.
2-turga 44 yoshli sobiq moliya vaziri Ingrida Shimonite va 54 yoshli iqtisodchi Gitanas Nauseda o‘tdi. Ular mos ravishda 31,13 va 30,94 foiz ovoz olishgan, farq bor-yo‘g‘i 5323 ovozni tashkil qilgan. Mutaxassislar fikricha, nomzodlarning imkoniyatlari deyarli teng.
Litvaning amaldagi prezidenti Dalya Gribauskayte ushbu lavozimni 2-muddat egallayotgani sababli 3-muddatga saylana olmaydi.
Prezident yashirin ovoz bilan 5 yilga saylanadi.
Litvadagi prezident saylovlari Yevroparlamentga deputatlar saylovlarini orqa planga surib qo‘ydi. Litva Yevroparlamentda 11 ta o‘ringa ega bo‘lib, bu o‘rinlar uchun 302 nomzod, ya'ni har bir o‘ringa deyarli 30 nafardan nomzod da'vogarlik qilmoqda.
Mavzuga oid
10:56 / 27.05.2026
Latviya va Litva Rossiya elchilarini chaqirtirdi
21:31 / 21.05.2026
Litva TIV rahbari NATO kuchlari Rossiyaning Kaliningraddagi harbiy bazalarini «yer bilan bitta qila olishi»ni aytdi
12:23 / 24.03.2026
Litva Belarusdan dron uchib kelganini ma’lum qildi
15:45 / 23.03.2026