Quyosh haqida 7 fakt

Foto: Flickr
· Quyoshni chiroq singari o‘chirib qo‘yish imkoni bo‘lsa va bu imkoniyatdan foydalanilsa, bir hafta ichida Yerdagi harorat -18 darajaga, bir yil ichida esa -75 darajaga tushadi va jon saqlash mumkin bo‘lmay qoladi;
· Quyosh borgan sari issiqroq va yorqinroq bo‘lib bormoqda. Vaqtlar o‘tib u o‘n marta yorqinlashishi mumkin. Faqat buning uchun taxminan milliard yil kerak;
· Quyosh massasining 72 foizi vodorod va 26 foizi geliydan iborat. Qolgani arzimas miqdordagi boshqa elementlardir. Har soniyada 700 million (!) tonna vodorod yonib, geliyga aylanadi;
· Quyosh katta miqdordagi energiya manbai bo‘lishi bilan birga ulkan massaga ham ega. Uning og‘irligi Quyosh tizimining 99 foizini tashkil qiladi;
· Shunday sayyoralar va ularning yo‘ldoshlari borki, ularning ayrim qismlariga quyosh nurlari uzluksiz tushib turadi, ya'ni o‘sha hududlarda tun bo‘lmaydi;
· Hisob-kitoblarga ko‘ra, Quyosh o‘zining o‘rta yoshini yashamoqda. Astronomlar ma'lumotlariga qaraganda bu yulduz paydo bo‘lganiga 4,5 milliard yil bo‘lgan va yana taxminan 5 milliard yildan keyin u yonib bitib, avval qizil gigantga, keyin oq karlik yulduzga aylanadi;
· Agar insoniyat Quyosh energiyasini ishlab chiqarishni istasa, har soniyada 100 milliard tonna dinamit portlatib turishi lozim va bunga aql bovar qilmaydi.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp boylar uchun soliqni oshirish taklifini berdi
Jahon | 23:06
-
Urganch-Istanbul-Urganch reys texnik sabablarga ko‘ra bekor qilindi
O‘zbekiston | 22:37
-
Astronomlar yulduzlarni parchalovchi «daydi» qora tuynukni kashf etdi
Fan-texnika | 22:31
-
Pokiston Hindiston hujumlariga javobni kechiktirishga qaror qildi
Jahon | 22:15
Mavzuga oid

16:48 / 21.01.2025
Sayyoralar paradi: 21 yanvar kuni oltita sayyora bir safga tiziladi

14:19 / 04.01.2025
Superoydan shimol yog‘dusigacha. 2025 yilda ko‘z bilan ko‘rishga arzigulik yettita osmon hodisasi

16:37 / 31.12.2024
Yerga kuchli geomagnit bo‘ron yaqinlashmoqda

18:52 / 24.12.2024