Jahon | 17:05 / 28.05.2019
18027
2 daqiqa o‘qiladi

Toqayev farmon imzoladi: Putin, Lukashenko va Jeenbekov orden bilan mukofotlandi

Foto: Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Rossiya, Belarus va Qirg‘iziston rahbarlarini orden bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda Zakon.kz Oqo‘rdaga asosan xabar bermoqda.

«Yevrosiyo integratsiyasi g‘oyasining 25 yilligi va Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi to‘g‘risidagi shartnoma imzolanganining 5 yilligi munosabati bilan, shuningdek, Qozog‘iston Respublikasi bilan hamkorlikni chuqurlashtirish va kengaytirishga qo‘shgan hissasi uchun quyidagilar «Qozog‘iston Respublikasi Birinchi Prezidenti - Elboshi Nursulton Nazarboyev» ordeni bilan mukofotlansin:

Putin Vladimir Vladimirovich - Rossiya Federatsiyasi prezidenti;
Lukashenko Aleksandr Grigorevich - Belarus Respublikasi prezidenti;
Jeenbekov Sooronbay Sharipovich - Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti», - deyiladi Qozog‘iston prezidentining farmonida.

«Qozog‘iston Respublikasi Birinchi Prezideni - Elboshi Nursulton Nazarboyev» ordeni Qozog‘iston Respublikasi davlat mukofoti hisoblanadi. Mukofot tizimida uchinchi o‘rinni egallaydi. Qozog‘iston Respublikasining 2001 yil 3 maydagi qonuni bilan Nursulton Nazarboyev sharafiga ta'sis etilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid