Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2019/2020 o‘quv yilida yangi tibbiy ta'lim yo‘nalishlari ochiladi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekiston milliy matbuot markazida «Tibbiy ta'limdagi islohotlar — tibbiyot sohasining taraqqiyot mezonlaridan biri» mavzusidagi navbatdagi matbuot anjumanini o‘tkazdi. Unda prezidentning 2019 yil 6 maydagi «Tibbiyot va farmatsevtika ta'limi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori tibbiy ta'lim tizimini yangi bosqichga ko‘tarish, sohada yechimini kutayotgan ustuvor vazifalarni ijro etishda muhim huquqiy asos bo‘lgani qayd etib o‘tildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘lim xabariga ko‘ra, ushbu hujjat bilan tibbiyot oliy ta'lim muassasalarida 2019/2020 o‘quv yilidan klinik psixologiya, biotibbiyot muhandisligi, dori vositalarini standartlash, sertifikatlash va sifat menejmenti kabi bir qator yangi ta'lim yunalishlar ochiladi. Shuningdek, endilikda tibbiyot kollejlarida ham o‘qitish muddatlari 3 yildan 2 yilga qisqartirilib, feldsher-laboratoriya ishi, feldsherlik ishi va tibbiy-ijtimoiy ishi kabi yangi ta'lim yo‘nalishlarida malakali o‘rta tibbiyot kadrlar tayyorlanadi.
«2019/2020 o‘quv yilidan boshlab respublikamizning tibbiyot oliy ta'lim muassasasalari va filiallarida Rossiya, Germaniya, Koreya Respublikasi, Turkiya, Hindiston kabi xorijiy davlatlarning 20dan ortiq bakalavriat, magistratura va klinik ordinatura mutaxassisliklari bo‘yicha qo‘shma dastur asosida xalqaro fakultetlar va yangi o‘quv yilidan Rossiyaning N.I. Priogova nomidagi Rossiya tibbiyot universiteti filialini tashkil etish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, Akfa universiteti hamda Aju universitetlari ham tashkil etildi.
Yana bir e'tiborli tomoni, joriy yil davomi 500 nafardan ortiq mutaxassislarimizni chet elga malaka oshirishga yuborish va 400 nafardan ortiq xorijlik mutaxassislar tomonidan yurtimizda mahorat darslari va operatsiyalar tashkil etish bo‘yicha ishlar olib borilyapti. So‘nggi bir yarim yil ichida tibbiyot oliy ta'lim muassasalari va ixtisoslashtirilgan markazlarda tashkil etilgan 10ta ilmiy kengashda 173 kishi o‘z ishini himoya qildi, shundan 107 nafari tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) va 66 nafari tibbiyot fanlari doktori (Dsc) bo‘ldi.
Bundan tashqari, 2019 – 2022 yillarda Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti va tibbiyot oliy ta'lim muassasalarida bosqichma-bosqich o‘quv-simulyatsion markazlar tashkil etish hamda 2020 yildan boshlab, har yili tibbiyot oliy ta'lim muassasalari talabalari va tibbiyot kollejlarining o‘quvchilari orasida klinik fanlar bo‘yicha Ibn Sino nomidagi xalqaro tibbiyot olimpiadalari, shuningdek, yosh olimlar orasida Ibn Sino nomidagi xalqaro ilmiy tanlovlar o‘tkazilishi yoshlar uchun katta imkoniyat bo‘ldi», deyiladi xabarda.


Mavzuga oid
21:46 / 12.12.2025
«Elektron retsept». SSV jamoatchilikni qiziqtirayotgan muhim savollarga javob qaytardi
17:57 / 13.11.2025
O‘zbekistonda aholining yagona elektron tibbiy kartasi yaratildi
18:53 / 30.07.2024
Maktab o‘quvchilari va bog‘cha tarbiyalanuvchilarining to‘rtdan bir qismida turli kasalliklar aniqlandi
11:28 / 22.07.2024