O‘zbekiston | 11:10 / 01.06.2019
21717
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev bugun Toshkent viloyatiga tashrif buyuradi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Toshkent viloyatiga tashrifi boshlandi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, davlat rahbari dastlab Angren shahridagi vokzal va savdo majmuasiga boradi. So‘ngra Ohangaron shahri va tumaniga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.

Prezident Ohangaron shahridagi Davlat xizmatlari markazining yangi binosida hamda Ohangaron tumanida ish boshlayotgan g‘isht zavodida bir qator loyihalar bilan tanishadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid