Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mey Tramp bilan Rossiya kibertahdidi mavzusini muhokama qiladi
Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey va AQSh prezidenti Donald Tramp muhokama qiladigan mavzulardan biri go‘yoki Rossiya tomonidan bo‘layotgan kibertahdidlar haqida bo‘ladi. Bu haqda Bi-bi-si radiostansiyasiga bergan intervyusida Britaniya tashqi ishlar vaziri Jyeremi Xant ma'lum qildi.
"Biz birgalikda ishlashni istagan mavzularni muhokama qilamiz. Misol keltiraman. Bizni Rossiyaning g‘arb davlatlarida, ayniqsa Ukrainada demokratik jarayonlarni beqarorlashtirish uchun o‘z kiberimkoniyatlaridan yanada ko‘proq foydalanayotganligi tashvishga soladi. Biz bu holatni qanday bartaraf etishni muhokama qilamiz", - dedi Xant.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki yetakchi uchrashuvida shuningdek, Eron mavzusi va Yamandagi vaziyat muhokama qilinadi.
AQSh prezidenti Donald Tramp dushanba kuni rafiqasi Melanya hamrohligida Buyuk Britaniyaga davlat tashrifi bilan keldi. Tashrif 5 iyunga qadar davom etadi.
Mavzuga oid
09:35 / 16.01.2026
Tramp G‘azo sektorida “Tinchlik kengashi” tuzilganini e’lon qildi
08:38 / 01.12.2025
Tramp urushni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv imkoniyatini “yaxshi” deb baholadi
10:40 / 25.11.2025
Livitt: Ukraina bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda, lekin prezidentlar bu hafta uchrashmaydi
08:53 / 07.11.2025