Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Toshkent aeroportini suv bosmoqda
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida favqulodda holat yuzaga keldi. Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida yog‘gan kuchli yomg‘irlardan keyin aeroportning uchib kelish zalini suv bosgani tasvirlangan videolar tarqaldi.
AviaSpotter Telegram-kanaliga joylangan videoda zal shiftidan suv tomayotgani, har joy-har joyga suv tomishi uchun chelaklar qo‘yilganini ko‘rish mumkin.
Suv toshqinlari nafaqat uchib kelish zalida, boshqa zallarda ham, shuningdek, aeroport binosi tashqarisida ham kuzatilmoqda.
Aeroportning yangi terminali 2018 yilning 15 iyunida foydalanishga topshirilgandi. O‘shanda yangi terminal barcha xalqaro standartlarga javob berishi va eng zamonaviy muhandislik texnologiyalari bilan jihozlangani ma'lum qilingandi.
Toshkentda kuchli yomg‘ir davom etmoqda, ijtimoiy tarmoqlarda yomg‘ir chog‘ida olingan, suvga to‘lgan poytaxt ko‘chalari aks etgan, do‘l yog‘ishi manzaralari muhrlangan tasvirlar paydo bo‘lishda davom etmoqda.
Biroz avvalroq Toshkentda kuchli yomg‘ir oqibatida ikkita samolyot o‘z yo‘nalishini Samarqandga o‘zgartirgani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
10:21 / 19.12.2025
Toshkent aeroportida odam savdosiga aloqador gumonlanuvchi ushlandi
18:24 / 23.11.2025
Vetnamda suv toshqinlari oqibatida 100 ga yaqin kishi halok bo‘ldi
23:51 / 19.05.2025
Olimlar jazirama va suv toshqinlarining yashirin xavfini aniqladi
19:14 / 17.04.2025