Ma’lum qilinişiça, xorijdan uçib kelgan Farğona viloyatida yaşovçi 1988 yilda tuğilgan şaxs hamda 2006 yilda tuğilgan Rossiya Federatsiyasi fuqarosining qöl yuklari va bagajlari bojxona nazoratidan ötkazilgan.
Tekşiruv jarayonida sport ozuqasi niqobi ostida qadoqlangan ikki yelim idiş içida jami 986 gramm “Alfa-PVP” sintetik narkotik moddasi borligi aniqlangan. Moddaning bir qismi 500 gramm, ikkinçi qismi esa 486 grammni taşkil etgan.
Şundan söng tezkor tadbir davom ettirilib, Sergeli tumanidagi xufiya joyga qoldirilgan giyohvandlik vositasini qabul qilib oliş vaqtida uning buyurtmaçisi bölgan 1996 yilda tuğilgan poytaxtlik şaxs aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Hozirda mazkur şaxslarga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mutasaddilar fuqarolarni giyohvandlik vositalari savdosi bilan boğliq holatlar haqida DXXning 1520 qisqa raqami orqali xabar berişga çaqirgan. Şaxs sir saqlanişi kafolatlanişi ta’kidlangan.
Toşkent aeroportida qariyb 1 kg sintetik narkotik uşlab qolindi
13:40 / 16.05.20263 0861 min
Toşkent xalqaro aeroportida Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda qariyb 1 kilogramm “Alfa-PVP” sintetik narkotik moddasini mamlakatga olib kirişga uriniş bartaraf etildi.













