Jahon | 23:20 / 07.06.2019
83814
2 daqiqa o‘qiladi

Putinning tansoqchilari Xitoy raisining sahnadan yiqilishiga yo‘l qo‘yishmadi (video)

Xitoylik delegatlar Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi sessiyasidan keyin Xitoy raisi Si Tszinpinni yiqitib yuborishlariga bir baxya qoldi.

Ma'lum qilinishicha, tadbirning rasmiy qismi yakunlangandan keyin jurnalistlar va turli davlatlar delegatlari forum ishtirokchilariga savol berish va suratga tushish uchun sahna oldiga yugurib borishgan. Xitoylik mehmonlar bunda ayniqsa jonbozlik ko‘rsatishgan. Ular o‘z yetakchilarini olqishlab, u tomon talpinishgan. Si Tszinpin pastdagi delegatlardan biri tomon egilib, u bilan ko‘l siqishmoqchi bo‘lganda, sahnadan yiqilib ketay degan. Xayriyatki, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tansoqchilari Xitoy raisini ushlab qolib, bunga yo‘l qo‘yishmagan.  

Voqeadan keyin Xitoy yetakchisi sessiyani qolgan ishtirokchilar bilan birga tark etgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid