Toshkentda Rossiyaning yana bir universiteti filiali tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Toshkent shahrida “D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” Federal davlat budjeti oliy ta'lim muassasasi filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan keltirilgan.
Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, “O‘zkimyosanoat” AJ va “D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” Federal davlat budjeti oliy ta'lim muassasasining (Rossiya Federatsiyasi) Toshkent shahrida “D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” Federal davlat budjeti oliy ta'lim muassasasi filialini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.
Quyidagilar Filial faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi:
respublikaning sanoat tarmoqlaridagi muhim ilmiy-texnologik vazifalarni hal etishga qodir bo‘lgan yuqori malakali muhandis-texnik kadrlarni xalqaro ta'lim standartlariga muvofiq tayyorlash;
nanomateriallar kimyoviy texnologiyasi, materialshunoslik va materiallarni korroziyadan saqlash, materiallarga badiiy ishlov berish texnologiyasi va sanoat ishlab chiqarishining boshqa sohalarida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar olib borish;
ta'lim hamda ilm-fanning uzluksizligi va izchilligi, shuningdek, ularni jahon ta'limi va ilm-fani hamjamiyatiga integratsiya qilish hisobiga mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
muhandis-texnik va ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va modernizatsiya qilishga yo‘naltirilgan yangi ta'lim dasturlari hamda o‘qitish shakllarini ishlab chiqish va tatbiq etish;
ta'lim, ilm-fan va ishlab chiqarishning yaqin integratsiyalashuvi uchun shart-sharoitlar yaratish;
ilmiy-pedagogik salohiyatning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, pedagogik texnologiyalar va o‘qitish usullarini faol takomillashtirish;
ta'lim hamda ilmiy-texnikaviy sohalarda xorijiy mamlakatlarning yetakchi ta'lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari va biznes hamjamiyati bilan uzoq muddatli munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlash.
Belgilanishicha:
Filial Universitetning alohida tarkibiy bo‘linmasi – oliy ta'lim muassasasi hisoblanadi;
Filial, Universitet bilan kelishgan holda, ta'limning bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini hisobga olib, barcha darajalardagi mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, shu jumladan, ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash ishlarini amalga oshiradi;
Filialda o‘qitish rus tilida, Rossiya Federatsiyasining federal ta'lim standartlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan kelishilgan holda Universitet tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejalari va dasturlar asosida amalga oshiriladi;
Filialning ta'lim faoliyati 2019/2020 o‘quv yilidan boshlanadi;
Filialga abituriyentlarni qabul qilish, ta'lim faoliyati va Filial bitiruvchilarini attestatsiyadan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan kelishilgan holda Universitet tomonidan belgilanadigan talab, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi;
Filial bitiruvchilariga o‘qishni bitirganlaridan so‘ng O‘zbekiston Respublikasida oliy ta'lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan belgilangan namunadagi diplom beriladi.
Belgilab qo‘yilishicha:
a) Filialga qabul kvotalari manfaatdor vazirlik va idoralarning tegishli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini hisobga olib, Universitet hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan kelishilgan holda, Filial Vasiylik kengashining qarori bilan tasdiqlanadi;
davlat granti asosida ta'lim olgan Filial bitiruvchilarirespublika tashkilotlariga besh yildan kam bo‘lmagan muddatga majburiy ishlab berish sharti bilan ishga taqsimlanadi;
b) Filial faoliyatini moliyalashtirish:
talabalarni davlat grantlari bo‘yicha o‘qitish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligiga ajratiladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan, biroq Filialga o‘qishga qabul qilinadigan talabalar umumiy sonining 40 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda;
talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar;
Vasiylik kengashi qarorlari asosida shakllantiriladigan pul mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari hamda maqsadli badallari;
xalqaro moliya institutlari grantlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Filial Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, TTZ-1 mavzesi, 47-uyda joylashgan Mirzo Ulug‘bek sanoat kasb-hunar kolleji binosiga bepul foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi.
Belgilab qo‘yilishicha, Mirzo Ulug‘bek sanoat kasb-hunar kolleji o‘quvchilari o‘quv jarayonini Mirzo Ulug‘bek sanoat kasb-hunar kolleji binosida o‘qishlari bitgunga qadar davom ettiradilar.
Mavzuga oid
00:35
«Yevropadagi istalgan nishonni yo‘q qila oladi» – Putin «Oreshnik» yaratuvchilari bilan uchrashdi
23:13 / 23.11.2024
Kreml yangi safarbarlik bo‘lmasligini ma’lum qildi
22:08 / 23.11.2024
Putin Kursk oblastini qaytarish muddatini belgiladi - Zelenskiy
18:44 / 23.11.2024