Jahon | 19:35 / 08.06.2019
27479
1 daqiqa o‘qiladi

Yerga kattaligi futbol maydonidek keladigan asteroid yaqinlashmoqda

Foto: Depositphotos

Yevropa kosmik agentligi Yerga kattaligi futbol maydonidek keladigan asteroid yaqinlashayotganini ma'lum qildi. Bu haqda agentlikka tayanib ReN TV xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2006 QV89 deb nomlanayotgan osmon jismi Yer tomon harakatlanmoqda va 9 sentabr kuni eng yaqin masofada bo‘ladi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2006 QV89 Yerdan 7 mln km olislikda uchib o‘tadi.

Mutaxassislarning ma'lumot berishicha, ushbu asteroidning Yer bilan to‘qnashish ehtimoli 7 mingga 1ni tashkil etadi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid