AQShning sobiq davlat kotibi Hillari Klinton o‘zi Tvitterida ukasi Toni Rodem vafot etganini bildirdi.
«Biz o‘tgan tunda ukam Tonidan ayrilib qoldik. So‘z topishim qiyin bo‘layapti, bugun xayolimni u haqidagi xotiralar chulg‘ab olgan. Uning xonaga kirib kelishlari, kulishi bilan yoritgani. U Megan uchun mehribon, saxiy va ajoyib er, farzandlari Zak, Saymon va Fiona uchun ota bo‘ldi», — deb yozgan u 8 iyun kuni o‘z Tvitterida.
We lost my brother Tony last night. It’s hard to find words, my mind is flooded with memories of him today. When he walked into a room he’d light it up with laughter. He was kind, generous, & a wonderful husband to Megan & father to Zach, Simon, & Fiona. We’ll miss him very much.
— Hillary Clinton (@HillaryClinton) June 8, 2019
Hillari Klintonning ukasi 65 yoshda edi. AQShning sobiq davlat kotibi ukasining o‘limi sababini ochiqlamagan.