Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘quvchilar o‘rtasidagi fan olimpiadasining respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda
Akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta'lim maktablari o‘quvchilarining umumta'lim fanlari bo‘yicha respublika olimpiadasining IV bosqichi 8-11 iyun kunlari Toshkent qurilish va milliy hunarmandchilik kasb-hunar kolleji binosida o‘tkaziladi, deb yozadi Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, ota-onalarga olimpiada jarayonlarini kuzatuv kameralari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etish uchun olimpiada o‘tayotgan binoga yaqin bo‘lgan Olmazor tumanidagi 224-maktabning sport zalida katta ekran o‘rnatildi va jarayonlarni kuzatishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi.
Bundan tashqari, olimpiada jarayonlarining shaffofligi ta'minlash maqsadida har bir xonaga turli rakursda namoyish etadigan kuzatuv kameralari o‘rnatildi.
Fan olimpiadasining respublika bosqichi 18 ta fan bo‘yicha o‘tkazilmoqda va mazkur fanlarning har biridan 3 nafardan g‘olib o‘quvchilar aniqlanadi hamda ularga tegishli fan yo‘nalishida oliy o‘quv yurtiga kirishda imtyozlar beriladi.
Eslatib o‘tamiz, umumta'lim fanlari bo‘yicha respublika olimpiadasining 3-bosqichi maktab o‘quvchilari uchun alohida, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida tahsil olayotgan yoshlar uchun alohida o‘tkazildi.
Jumladan, umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasidagi fan olimpiadalari 23-27 mart kunlari o‘tkazilib, unda jami 20 649 nafar o‘quvchi ishtirok etdi. Shuningdek, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining 2- va 3-bosqichida tahsil olayotgan o‘quvchilar uchun 2-6 aprel kunlari o‘tkazildi va unda 5280 nafar o‘quvchi qatnashdi.
Uchinchi bosqich natijalariga ko‘ra, jami 1059 nafar (612 nafar umumta'lim maktablaridan, 447 nafar akademik litsey va kasb-hunar kollejlardan) o‘quvchi olimpiadaning respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Mavzuga oid
22:55 / 26.03.2026
Transgender sportchilarga Olimpiada ayollar musobaqalarida ishtirok etish taqiqlandi
23:00 / 22.02.2026
Xokkey bo‘yicha AQSh terma jamoasi 1980 yildan buyon ilk bor Olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritdi
22:00 / 22.02.2026
Norvegiya qishki Olimpiada o‘yinlarida medal olish bo‘yicha rekord natijaga erishdi
21:31 / 20.02.2026