Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShlik erkak ko‘chada «dunyodagi eng katta mushuk» bilan sayr qildi
AQShning Janubiy Karolina shtatidagi Mertl-Bich shahrida yashovchi erkak ko‘chada ligr bilan sayr qildi.
«Haqiqiy Tarzan» laqabli Maykl Xolston ismli erkak tasvirlangan videoda uning og‘irligi 319 kilo bo‘lgan ligr (erkak sher va urg‘ochi yo‘lbars chatishmasi) bilan sayr qilayotgani tasvirlangan. Uning aytishicha, bu jonivor «dunyodagi eng katta mushuk»dir.
Ligr — bugungi kunda mavjud bo‘lgan mushuksimonlar oilasining eng yirik vakilidir. Ligr soatiga 60 kilometrgacha tezlikda yugura oladi. Uning uzunligi to‘rt metrgacha yetadi, og‘irligi esa 300 kilogrammdan ortiq bo‘ladi.