Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oq uy Eron Venesuelada o‘rnashib olishga urinayotganini bildirdi
Venesuela yirik uran zaxiralariga ega bo‘lganligi bois Eron bu mamlakatda o‘rnashib olishga urinmoqda. AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton ana shunday fikr bildirdi.
"Venesuela Kanadadan keyin ikkinchi o‘rinda dunyodagi eng yirik uran zaxiralariga ega. Bu uni bugungi kunda Venesuelada harakat qilayotgan Eron uchun asosiy maqsadga aylantiradi", - dedi Bolton.
U shuningdek, Rossiya va Xitoyni Venesueladagi inqirozli vaziyatdan foyda olishda aybladi.
Eslatib o‘tamiz, 23 yanvarda mamlakat poytaxti Karakas shahrida bo‘lib o‘tgan miting chog‘ida Venesuelaning prezident Maduroga muxolif parlamenti yetakchisi Xuan Guaydo o‘zini muvaqqat prezident deb e'lon qilgan edi.
AQSh, Kanada, shuningdek, Yevropa va Lotin Amerikasining bir qator davlatlari Guaydoni mamlakatning legitim prezidenti sifatida tan olishgan. Rossiya, Turkiya va Xitoy Maduroni qo‘llab kelishmoqda.