Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda partiya rahbarlaridan biri korrupsiyaga qarshi kurash nishoniga aylandi
Foto: AP Photo / Andy Won
Xitoy kommunistlari partiyasining Axloq masalalari bo‘yicha Markaziy kengashi Xux-Xoto (Ichki Mo‘g‘uliston avtonom ma'muriy birligi markazi) shahri partiya kotibiga nisbatan tergovni boshladi. Antikorrupsion tuzilma bayonotida amaldor Yun Guanchjun «jiddiy qoidabuzarlik»ka yo‘l qo‘ygani ta'kidlangan.
«Ayni paytda Yun Guanchjun hibsga olingan va surishtiruv davom etmoqda», — deyiladi bayonotda.
2016 yil noyabrdan buyon Xux-Xoto shahri partiya rahbari lavozimida ishlab kelayotgan Yun Guanchjun Ichki Mo‘g‘ulistondagi Ordos okrugiga ham rahbarlik qilgandi.
Xitoyda korrupsiyaga qarshi kurash «beshinchi avlod» vakillari — Si Tszinpin boshchiligidagi rahbariyat hokimiyatga kelgandan buyon kuchaydi. 2012 yildan buyon Xitoyda yuqori mansabdor shaxslar nafaqat lavozimidan bo‘shatildi, balki ular orasida umrbod qamoq jazosiga mahkum etilganlar ham mavjud.
Mavzuga oid
09:06
Xitoy kosmosda insonning uzoq yashashini o‘rganmoqda
22:01 / 23.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Si Jingpingga hamdardlik bildirdi
12:04 / 23.05.2026
Xitoyda ko‘mir konidagi portlash oqibatida kamida 90 kishi halok bo‘ldi
10:31 / 22.05.2026