Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda uran qazib olishni taqiqlash haqidagi qonun loyihasi ko‘rib chiqiladi
Qirg‘iziston parlamenti – Jog‘orku Keneshga uran, toriy konlarini qidirish va o‘zlashtirish maqsadida yer osti boyliklarini geologik o‘rganish bilan bog‘liq faoliyatni taqiqlash haqidagi qonun loyihasi ko‘rib chiqish uchun kiritildi. Bu haqda parlament saytida ma'lum qilindi.
Qonun loyihasi aholining salomatligi, fuqarolarning yashash, mehnat qilish va hordiq chiqarish uchun qulay atrof-muhitga huquqlarini himoyalash, radiatsion va ekologik xavfsizlikni ta'minlash, Qirg‘izistonning yerlari, suv obektlari, o‘simlik va hayvonot dunyosini asrashga qaratilgan.
Qonun loyihasi mualliflari bo‘lgan deputatlar uran, toriy konlarini qidirish, o‘zlashtirish bilan bog‘liq faoliyatni taqiqlashni taklif qilishmoqda. Shunday faoliyat olib borishga avval berilgan ruxsatnomalar amal qilishi qonun kuchga kirishi bilanoq to‘xtatilishi lozim.
Avvalroq “YurAziya” kompaniyasi Qizil-Ompol guruhining Tosh-Buloq uran-toriy konini o‘zlashtirmoqchi bo‘lgan. Biroq qirg‘izistonliklar loyihaga qat'iyan qarshi chiqishgan. Konning o‘zlashtirilishiga qarshi norozilik namoyishlari poytaxt Bishkek va Baliqchida bo‘lib o‘tgan. Shundan keyin parlament deputatlari hukumatga Qirg‘iziston hududida uran konlarini izlash, o‘zlashtirishni taqiqlash vazifasini topshirishgan. Vazirlar mahkamasi natijada uran radioaktiv elementini o‘rganish va o‘zlashtirish uchun taqdim qilingan maydonlarda ishlar olib borilishini taqiqlagan.
Mavzuga oid
18:20 / 23.06.2026
Qirg‘iziston va O‘zbekiston qishloqlarini almashdi
08:30 / 17.06.2026
Dunyodagi eng yirik uran zaxiralari: O‘zbekiston ham ro‘yxatda
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026