Sport | 18:26 / 15.06.2019
18597
1 daqiqa o‘qiladi

Chempionlar Ligasining eng tezkor futbolchisi aniqlandi

Foto: Getty Images

«Liverpul» himoyachisi Virjil Van Deyk Chempionlar Ligasi 2018/19 mavsumining eng tezkor futbolchisi deb topildi.

Yarimfinaldan o‘rin olgan «Barselona»ga (0:3) qarshi dastlabki o‘yindagi vaziyatlardan birida, hujumdan himoyaga qaytayotganda u 34,5 km/s tezlikda yugurdi. Natijada, 27 yoshli niderlandiyalik futbolchi Kilian Mbappe, Garet Beyl va Leroy Sane kabi tezkor futbolchilardan ham yaxshiroq natijani qayd qildi.

Eslatib o‘tamiz, Van Deyk Chempionlar Ligasida 12ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan va shuncha golga hammualliflik qilgan edi. Futbolchi jamoasi bilan turnir g‘olibi bo‘ldi va mavsumning ramziy jamoasiga kiritildi.

Mavzuga oid