Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Colin’s va Levi’s brendidagi jinsilar ishlab chiqarilishi mumkin
Foto: Shutterstock
14 iyunda Olmaliqda Vintage Denim qo‘shma korxonasi o‘z ishini boshladi, deb xabar berdi “O‘zbekto‘qimachiliksanoati” uyushmasi matbuot xizmati.
Matbuot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, korxonada jinsidan kiyimlar ishlab chiqarish uchun 130 ta tikuv mashinasi va boshqa yuqori texnologik qurilma o‘rnatilgan. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati oyiga 150 mingdan ko‘proq jinsi shim va jyemperga teng.
Ta'kidlanishicha, fabrika ish boshlagandan beri 250 dan ko‘proq odam doimiy ish bilan ta'minlangan. “Korxona nafaqat jinsi shim, balki jyemperlar ham ishlab chiqaradi. Jinsi mahsulotlarga narxlar import mahsulotlarga nisbatan raqobatbardosh bo‘ladi. Mahsulotning bir qismi eksport qilinadi”, deyilgan uyushma xabarida.
Shuningdek, korxona xorijning yetakchi jinsi brendlari Colin’s, Levi’s va LC Waikiki bilan mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha muzokaralar olib borayotgani ma'lum qilindi. Ayni vaqtda korxona De facto brendi bilan hamkorlik qilmoqda.
Mavzuga oid
09:04 / 23.03.2026
Olmaliqdagi 3-mis boyitish fabrikasi dunyodagi yirik korxonalar qatoridan joy oldi
14:34 / 16.03.2026
Olmaliqda 3-mis boyitish fabrikasining birinchi navbati ishga tushirildi
13:14 / 10.02.2026
Olmaliqdagi maktabda 10-sinf o‘quvchisi vafot etdi
12:11 / 18.09.2025